Savollar va javoblar

1. Savol: Akademik litseyda qanday yoʻnalishlar bor?

Javob: JIDU ALda faqat "Aniq fanlar (iqtisod)" yoʻnalishi mavjud.

2. Savol: JIDU ALga hujjat topshirishda qanaqa hujjatlar kerak boʻladi?

  • rasm (3x4) oʻlchamda sifatli JPEG formatda;
  • tug’liganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasining PDF yoki JPEG formatda tayyorlanadi va elektron roʻyxatdan oʻtishda bu ikki hujjat yuklanadi.

3. Savol: Hujjat topshirish vaqtida shahodatnoma kerak emasmi?

Javob: Yoʻq

4. Savol: Akademik litseyga kirish imtihonlari qaysi fanlardan boʻladi?

Javob: JIDU ALga kirish imtihonlari:

  • Matematika
  • Chet tili (ingliz, fransuz, nemis tillaridan biri)
  • Ona tili adabiyoti (rus tilida topshiruvchilar uchun rus tili va adabiyot)

5. Savol: Imtihonlar qachon boʻladi?

Javob: Avgust oyining birinchi oʻn kunligida boʻladi, karantin holatini yumshatilishiga qarab.

6. Savol: Oʻquvchilarni saralash imitihoni “online” boʻladimi?

Javob: Yoʻq, saralash imtihoni kompyuterlashtirilgan test shaklida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bazasida oʻtkaziladi (onlayn emas).

7. Savol: Akademik litsey qayerda joylashgan?

Javob: Toshkent shaxri, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim koʻchasi 242 uy. Moʻljal Qozogʻiston Respublikasining yangi elchixonasi yonida.

8. Savol: MGIMO bilan qoʻshma dastur asosida ochilayotgan guruhlar pullikmi?

Javob: Ha, pullik, bir yilga oʻqish narxi 2000 ming yevro.

9. Savol: MGIMO bilan tashkil etilayotgan qoʻshma guruhlarga toʻlovni boʻlaklab toʻlasa boʻladimi.

Javob: Ha, 2 qism ga bulib toʻlash mumkin.

Savol: Xorijlik fuqarolarga litseylarda bir oʻquv yili uchun to‘lov miqdori qancha?

Javob: Bugungi kunda xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi akademik litseylarida ta’lim olishi uchun to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir o‘quv yili uchun 1000 AQSH dollar etib belgilangan.